Charlie Hebdo jurnalining yangi soni sotuvga - TopicsExpress



          

Charlie Hebdo jurnalining yangi soni sotuvga chiqqan bbc.in/1IJOZ9J Charlie Hebdo satirik jurnali tahririyatiga hujum va xodimlarining o‘limidan bir hafta o‘tib jurnalning yangi soni savdoga chiqarilgan. Jurnal yangi sonining bosh sahifasidagi karikatura Muhammad Payg‘ambarni aks ettirgan. Bosh sahifadagi suratda yig‘layotgan Payg‘ambarning Men Charliman (Je suis Charlie) degan yozuvni ushlab turgani tasvirlangan. Karikatura tepasida Hammasi kechirildi (Tout est pardonné) degan yozuv bor. Satirik jurnalda bundan oldin Muhammad Payg‘ambar hajviya qilingani tahririyatga hujumga sabab bo‘ldi deb ishoniladi. Men Charliman degan yozuv otishmadan keyin butun dunyoda tahririyat bilan birdamlikni izhor etish shioriga aylandi. Jurnalning yangi soni uch million nusxada chop etilgan. Bundan oldin Charlie Hebdo haftaligi 60 ming nusxada nashr qilingan. Jurnal olti tilda, shu jumladan, ingliz, arab va turk tillarida nashr qilingan Frantsiyadagi ko‘plab nashrlar Charlie Hebdo yangi soni bosh sahifasidagi karikaturani bundan oldin ko‘chirib bosganlar. Parijdagi do‘kondorlar odamlar jurnalning yangi sonini oldindan buyurtma berganlarini aytganlar. Bir do‘kon sohibi so‘zlariga ko‘ra, Charlie Hebdoning yangi soni yarim soat ichida sotilib ketgan. Charlie Hebdoning yana karikatura e‘lon qilish qarori islomiy jangarilarning web-saytlari tahdidiga va islomiy dunyoda tanqidlarga sabab bo‘ldi, deya xabar qiladi BBCning Parijdagi muxbiri Kris Morris. Tahririyat xodimlari aytishicha, jurnalning yangi sonida 7 yanvar kunidagi tahririyatga hujumda halok bo‘lgan jurnalistlar va karikaturachi rassomlarning barcha ijodiy asarlari o‘rin olgan. Charlie Hebdo xodimlari odamlarni jurnalning yangi sonini sotib olish bilan Frantsiyadagi so‘z erkinligini qo‘llab-quvvatlashga chaqirganlar. Turkiyadagi ro‘znoma tahdidlarga qaramasdan, o‘tgan hafta Parijda hujumga uchragan Charli Ebdo hajviy jurnalidan parchani ko‘chirib bosgan. Jumhuriyat ro‘znomasi o‘z ilovasida frantsuz jurnali muqovasidagi Muhammad Payg‘ambar karikaturasini ko‘chirib bosmagan, ammo uning ikki nafar kolumnistlari karikaturaga ham o‘rin berganlar. Ilovada shuningdek, Rim Papasi,olmon kantsleri Angela Merkel, Fransa Prezidenti Olland ham bor. Turkiya Charli Ebdo karikaturalarini ko‘chirib bosgan birinchi musulmon davlat bo‘lgan. BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp orqali bog‘lanishni istasangiz telefonimiz - +44 7858 860002
Posted on: Wed, 14 Jan 2015 13:18:29 +0000

Trending Topics



Recently Viewed Topics




© 2015