“INFOLIB-2014” III Milliy axborot-kutubxona haftaligi - TopicsExpress



          

“INFOLIB-2014” III Milliy axborot-kutubxona haftaligi doirasida karving bo‘yicha mahorat maktabi. 2014 yil 29 oktyabr kuni Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi foyesida “INFOLIB-2014” III Milliy axborot-kutubxona haftaligi doirasida karving bo‘yicha mahorat darsi bo‘lib o‘tdi. Karving bo‘yicha mahorat darsi Toshkent turizm kasb-hunar kolleji 3-bosqich o‘quvchisi Shoakbarov Shoyusuf tomonidan olib borildi. Shoakbarov Shoyusuf o‘zining va o‘z shogirdlarining karving bo‘yicha namunalarini namoyish etdi. Ba’zan karving san’atini mevalar bezagi (skulpturasi) deb nomlashadi. Karving mevalar va sabzavotlar kompozitsiyasini tashkil etadi.Mevalar va sabzavotlardan foydalanilgan karving mahorat darslari bolalar va kattalar uchun mo‘ljallangan. Sh. Shoakbarov karving bo‘yicha ko‘rgazmalarda, pazandalik bo‘yicha tomoshalarda, bolalar bayramlarida qatnashib kelayotgan O‘zbekistonning umidli restoratorlaridan hisoblanadi. Bunga uning o‘zbek karving san’atiga bag‘ishlangan kitobi isbot bo‘la oladi. Karving bo‘yicha mahorat darsida Toshkent turizm kasb-hunar kolleji o‘quvchilari kichik guruhlarga bo‘linib sabzovotlardan turli shakllar yasadilar. Mahorat darsida so‘ngida guruhlar tomonidan ishlangan san’at namunalari namoish etildi.
Posted on: Thu, 30 Oct 2014 04:23:31 +0000

Trending Topics



Recently Viewed Topics




© 2015