Jahon tillari universitetida fakultetlararo Zakovat intellektual - TopicsExpress



          

Jahon tillari universitetida fakultetlararo Zakovat intellektual o‘yini bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida har yili ananaviy ravishda o‘tkazib kelinuvchi fakultetlararo Zakovat intellektual o‘yini bo‘lib o‘tdi. Talim muassasasining 5 ta fakultetidan o‘ziga xos terma jamoalar shaklida tuzilgan jami 12 guruhning murosasiz aqllar janggi yakunida roman-german filologiyasi fakulteti talabalaridan iborat Istiqlol jamoasi goliblikni qo‘lga kiritdi. Bahodir Anorov, Istiqlol jamoasi sardori: -Tan olishim kerakki, bugun har qachongidan ham qattiqroq hayajonlandik. Universitetimizning barcha fakultetlari vakillari bu yerga o‘z bilimlarini namoyon etish, mantiqiy fikrlash bo‘yicha ko‘nikmalarini rivojlantirish uchun kelishgan edi. Bunday katta raqobatda yutib chiqishning esa o‘zi bo‘lmaydi. Shu boismi, dastlabki daqiqalarda hayajon tufayli biroz murakkabliklarga duch keldik. Ammo tezda o‘zimizni o‘nglab olib yakunda ana shunday hal qiluvchi o‘yinda g‘olib deb topildik. Biz o‘z fakultetimizning shanini himoya qilib, ustozlarimizning bergan bilimlarini oqlab, eng kuchli tomonlarimizni ko‘rsata olganimizdan xursandmiz. Bizga munosib raqobat taqdim etgan fakultetlarga keyingi oyinlarda omad tilab qolamiz. Takidlash kerakki, universitet fakultetlarining Istiqlol, Wisdom, Rush Hour, Intellect, Elegant, Extreme, iKnow, Favorite, Proud.uz, OneD, Brain wave, Victory nomi ostida harakat qilgan terma guruhlarining talabalari siyosat, iqtisod, tarix, sport, texnologiya, fan-talim, madaniyat kabi turli sohalardagi mantiqiy savollarga javob berish orqali nafaqat o‘z dunyoqarashlarini boyitdilar, balki aqllar bellashuvida xorijiy tillar borasidagi bilim darajalarini ham aniqlab oldilar.
Posted on: Wed, 21 Jan 2015 12:41:21 +0000

Trending Topics



Recently Viewed Topics




© 2015