O‘zbekistonlik iqtisodchi Shuhrat Boboxo‘jayevga savol - TopicsExpress



          

O‘zbekistonlik iqtisodchi Shuhrat Boboxo‘jayevga savol yo‘llang bbc.in/1CsulZq Iqtisodchi olim Shuhrat Boboxo‘jayev 1958 yilning 27 noyabrida Samarkand viloyati Nurota tumani Nurota kishlog‘ida tug‘ilgan. 1976 yilgacha Samarqand shahridagi o‘rta maktabda tahsil olgan. 1985 yilgacha Sankt-Peterburg davlat politexnika universiteti, so‘ng 1993 yilgacha G.V. Plexanov nomli Rossiya davlat iqtisodiyot akademiyasida o‘qigan. Shuhrat Boboxo‘jayev ATB Agrobank, Toshkent Respublika Fond Birjasi, O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi, Toshkent moliya instituti, O‘R bank-moliya akademiyalarida faoliyat olib borgan. Hozirgi paytda ta‘lim sohasida faoliyat ko‘rsatmoqda. Shuhrat Boboxo‘jayev o‘z faoliyati davomida iqtisodga oid ilmiy izlanishlar olib borgan. U 150dan ortiq maqolalar muallifidir. Iqtisodchi olim Shuhrat Boboxo‘jayevga savollaringizni [email protected] ga jo‘natishingiz yo-da, quyidagi maxsus forma orqali qoldirishingiz mumkin. BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp orqali bog‘lanishni istasangiz telefonimiz - +44 7858 860002
Posted on: Mon, 19 Jan 2015 15:25:34 +0000

Trending Topics



Recently Viewed Topics




© 2015