Qisqacha malumot ornida: Ozbekiston 0-0 Ozarbaijon - Futbol - TopicsExpress



          

Qisqacha malumot ornida: Ozbekiston 0-0 Ozarbaijon - Futbol boyicha Ozbekiston milliy terma jamoasi shu yil sentyabr oyida bolib otajak Osiyo Oyinlariga tayyorgarlik doirasida otkazgan ortoqlik uchrashuvida durang hisobi qayd etdi. 90 daqiqa davomida har ikki milliy terma jamoada ham oyinda hisobni ochishning yaxshi imkoniyatlari boldi. Ammo, shunga qaramay, Boku shahrining Baxcell Arena stadionida bolib otgan uchrashuvda darvozalar daxlsiz qoldi. Eslatib otish joiz, Ozbekiston milliy terma jamoasi ortoqlik uchrashuviga yoshartirilgan tarkibda maydonga tushgandi. Jamoa Janubiy Koreada bolib otajak Osiyo Oyinlari va kelasi yil yanvar oyiga rejalangan 2015 yilgi futbol boyicha Osiyo Kubogiga qadar yana Iordaniya, Yangi Zelandiya, Qatar, Bahrain, BAA va Iroqqa qarshi qator xalqaro ortoqlik uchrashuvlari otkazishni rejalagan. Ozbekiston ozi ilk bor ishtirok etgan 1994 yilgi Osiyo Oyinlari golibi sanaladi. Osiyo Kubogida qayd etgan tarixiy natijasi esa, 2011 borib taqaladi. Jamoa oshanda ilk bor turnirning yarim finaliga chiqishga muvaffaq bolgandi.
Posted on: Wed, 20 Aug 2014 20:38:56 +0000

Trending Topics



tyle="margin-left:0px; min-height:30px;"> HP OfficeJet 5515 Black and Tri-Color Ink Cartridge Combo Pack
0664689518678 JG0051 28F EVS.7213 John Galliano Aviator Gold and

Recently Viewed Topics




© 2015