Sevimli payg‘ambarimizdan qo‘lingni - TopicsExpress



          

Sevimli payg‘ambarimizdan qo‘lingni tort! bbc.in/1IZ7k4m Checheniston poytaxti Grozniydagi namoyishda 800 mingdan ortiq kishi qatnashgan. Rasman bu tadbir chechenistonlik ulamolarning tashabbusi bilan tashkil qilingan. Lekin Chechenistonda biror narsa rasmiylarning ruxsatisiz va to‘la nazoratisiz tashkil qilinmaydi. Bunday tadbirlar tepasida shaxsan Checheniston rahbari Ramzan Qodirovning o‘zi turadi. Grozniydagi namoyish ishtirokchilari Muhammad Payg‘ambar karikatura qilinganiga nisbatan o‘zlarining g‘azablari naqadar kuchli ekanini ko‘rsatib qo‘yishni maqsad qilgan. Checheniston poytaxtidan BBC muxbiri Grant Ferrett videolavhasi. BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp orqali bog‘lanishni istasangiz telefonimiz - +44 7858 860002
Posted on: Mon, 19 Jan 2015 17:45:30 +0000

Trending Topics



Recently Viewed Topics




© 2015