Shinjondagi rang-barang rasmiy - TopicsExpress



          

Shinjondagi rang-barang rasmiy targ‘ibot bbc.in/14WxIxF Xitoy rasmiylari diniy ekstremizm keltirib chiqarayotgan terrorizmga qarshi kurash bilan ovoralar.Ushbu kampaniyaning asosiy e‘tibori aksar aholisi musulmon bo‘lgan Shinjon viloyatiga qaratilgan. Hukumatning nazdida bu mintaqada ko‘plab terrorchilar yetishib chiqmoqda va rasmiylar diniy amallarni kamaytirish maqsadida uyg‘ur jamoasiga nisbatan turli cheklovlarni kiritmoqdalar. Tanqidchilarga ko‘ra, aynan shu amallar terrorizm muammosini yanada urchitmoqda. Ushbu suratlardagi targ‘ibot rasmlari Qashg‘ardagi masjid yaqinidagi binolar devorlariga chizilgan. Rasmlar Xitoy rasmiylari nazdida qanday amallar qabul qilinardi va qaysilari qabul qilib bo‘linmas ekanligini namoyish qiladi. Bu rasmlar Xitoy targ‘ibot mashinasining namunalari bo‘lib, Shinjondagi etnik munosabatlarga rasmiylar nuqtai nazarini namoyish etadi. Umuman butun Xitoy bo‘ylab shior va da‘vatlarni o‘z ichiga olgan ko‘rgazma asarlari keng tarqalgan. Shinjondagi bu rasmlarni kim chizgani ma‘lum emas. Lekin rasmiylar roziligi bilan qilingani ayondek. Xitoy rasmiylariga ko‘ra, ba‘zi uyg‘ur yoshlari xorijda tayyorlanib, Internet orqali tarqatilayotgan materiallar yordamida radikallashmoqdalar. Mana bu rasmda hijobdagi uyg‘ur ayoli taqiqlangan materiallarni yuklab, tarqatayotgani tanqid qilingan. Taqiqlangan materiallarni sun‘iy yo‘ldosh antennalari orqali ham olish mumkin. Xitoyda bu kabi antennalar arzon, lekin ularni sotib olish uchun rasmiylar maxsus ruxsati kerak. Ba‘zi hudularda rasmiylar jamoat yerlarida hijob o‘rashni taqiqlaganlar. Bu rasmdagi hijobli ayol go‘yoki rasmiylar tomonidan ko‘proq ma‘qul ko‘rilgan ust-bosh kiygan uyg‘urlarga qiyoslangan. Bu rasmlarda yomon uyg‘urlar qora va kulrangda, qonunlarga bo‘ysunuvchi yaxshi uyg‘urlar esa yorqin ranglarda, tinchlik ramzi bo‘lgan kabutarlar bilan tasvirlangan. Hukumat mintaqadagi politsiya kuchlari byudjetini ikki barobarga oshirib, minglab uyg‘urlarni qamoqqa tashlagan. Ammo zo‘ravonliklar davom etmoqda. Mana bu suratda yo‘l qurish mashinasi pichoq ko‘targan uyg‘urlarni majaqlamoqda. Ular ham qora rangda chizilgan. Shinjondagi oxirgi hujumlarning ko‘pchiligida pichoq ishga solingan. Mintaqaning ba‘zi qismlarida uyg‘urlarga pichoq sotib olish taqiqlangan. Ramsiy Pekinga ko‘ra, terrorchilar kalamushlardek yo‘q qilinishi kerak. Yana bir suratda Xitoy Xalq Respublikasining milliy ramzi hisoblangan bolta qora rangda chizilgan terrorchilarni chopib tashlamoqda. Shinjonda qurollangan xavfsizlik xodimlarini har yerda uchratish mumkin. Ko‘plab yo‘llar, bozor va savdo markazlariga kirish joylarida nazorat nuqtalari mavjud. Ayniqsa uyg‘ur millatiga mansublar va asosin yosh yigitlar to‘xtatib, tekshiriladi. Mana bu suratdagi qurollangan nazoratchilarni oppoq kabutarlar olqishlamoqdalar. Xitoy milliy bayrog‘i o‘ngida uyg‘urlar xitoy tilidagi kitobni o‘qimoqdalar. Hukumatga ko‘ra, uyg‘arlar eng avvalo xitoy va keyin musulmon bo‘lmog‘lari kerak. Hukumat yoshi 18 ga kirmaganlarni masjidga kirishlarini ham taqiqlagan. Ushbu taqiq hukumat rsmiylari va Kommunistik partiya a‘zolariga ham taaluqli. Shinjonda namoz o‘qish ham qattiq nazorat ostida. Rasmiylarga ko‘ra, yosh bolalar masjidga emas maktabga borishlari kerak. Bu esa mana bu rasmda chap tomonda tasvirlangan jihod ramzi bo‘lgan uyg‘urlardan himoya qiladi. Bu suratda nikohdan o‘tayotgan uyg‘ur yigit-qizi tasvirlangan. Bu xitoy qonunlariga qarshi. Oila qurmoqchi bo‘lganlar rasmiy nikohdan o‘tishlari kerak. Rasmdagi uyg‘ur yigit Oila qurish haqidagi qonun bitilgan kitobni ushlab turibdi. Hukumat shuningdek, Go‘zallik loyihasi deya nomlangan dasturni boshlagan. Unga ko‘ra, faqatgina yoshi katta erkaklar soqol qo‘yishlari mumkin. Uyg‘ur ayollari esa hijob o‘ray olmaydilar. Bu suratda ayollarni yuzlarini ochib, o‘z go‘zalliklarini jahonga taqdim etishlariga da‘vat yangraydi. Xitoy hukumatiga ko‘ra, Shinjonda mana bu suratda tasvirlangan xan xitoy ayoli bilan raqs tushayotgan uyg‘ur ayoli kabi hamohang jamiyatni istaydi. Oxirgi 30 yil mobaynida Shinjonga ommaviy tarzda xan xitoylarini ko‘chirib kelish harakatlari amalga oshirilgan. Bu o‘z navbatida mahalliy uyg‘urlar orasida ularning madaniyatini assimilyatsiya qilish urinishlariga qarshilikni keltirib chiqargan. BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp orqali bog‘lanishni istasangiz telefonimiz - +44 7858 860002
Posted on: Wed, 14 Jan 2015 16:44:16 +0000

Trending Topics



Recently Viewed Topics




© 2015