Taylandda fil mashinani majaqlab - TopicsExpress



          

Taylandda fil mashinani majaqlab tashladi bbc.in/17E3OiH Bangkok yaqinidagi milliy bog‘da tashrifchilar o‘tgan yakshanba yovvoyi filning mashinaga hujumini tasvirga tushirishgan. Dushanba kuni esa yaqindagi bir do‘kon va restoran ham filning hujumiga uchragan. Rasmiylarga ko‘ra, har ikki hujumni bitta fil amalga oshirganmi, yo‘qligi ma‘lum emas. Milliy bog‘ mas‘ullarining aytishlaricha, hayvonlarning tajovuzkorligi ularning er-xotinlik davri bilan bog‘liq. Hodisada hech kim jabr ko‘rmagan. BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp orqali bog‘lanishni istasangiz telefonimiz - +44 7858 860002
Posted on: Tue, 13 Jan 2015 16:59:19 +0000

Trending Topics



Recently Viewed Topics




© 2015