UzWebiston: Yo‘lkiraga pul topilmagani uchun avtomobil olib - TopicsExpress



          

UzWebiston: Yo‘lkiraga pul topilmagani uchun avtomobil olib qochilgan bbc.in/1u68ySH Samarqandlik kishining o‘g‘irlab ketilgan deya hisoblangan Nexia rusumli avtomashinasi shaharga tutash Samarqand tumanidan topilgan. O‘zbekiston Ichki Ishlar Vazirligining Na postu gazetasi xabariga ko‘ra, avtomobil hech bir zarar keltirilmagan. Tezkor-qidiruv ishlari natijasida avtomobilni olib qochgan shaxs qo‘lga olingan. U Samarqand viloyatining Oqdaryo tumanida istiqomat qiluvchi 44 yoshli kishi ekan. Bu odam mashinani o‘g‘irlash niyati bo‘lmagani, lekin manziliga tezroq yetib olish uchun yo‘lkirasi yo‘qligi bois mashinani haydab ketganini aytgan. Keyingi kunlarda O‘zbekistonning turli tomonlarida mashinalarni olib qochish borasidagi hodisalar haqida matbuot xabarlari ko‘paygan. Birgina Postda gazetasi va kun. uz websaytida ayni shu mavzuda bir necha xabar berilgan. Jumladan, Xorazm viloyati Yangiariq tumani ichki ishlar bo‘limiga mahalliy fuqarodan VAZ-2103 rusumli Jiguli avtomashinasi o‘g‘irlangani haqida ariza kelib tushgan. Jabrlanuvchining so‘zlariga qaraganda, u qisqa muddatga do‘konga kirib chiqqunicha mashinasi g‘oyib bo‘lgan. Ko‘rilgan choralar natijasida avtomobil viloyatning Urganch tumanidan topilgan. Mashinani olib qochgan shaxsning hech qayerda ishlamaydigan 26 yoshli fuqaro ekanligi aniqlangan. U o‘z aybiga iqror bo‘lib, sayr qilgisi kelgani sabab mashinani olib qochganini aytdi, – deyiladi xabarda. Tunda Nexia rusumli avtomashinasini Shahriston restorani oldida qarovsiz qoldirgan Yunusobod tumanida istiqomat qiluvchi fuqaro uning yo‘qligini ko‘rib, taxta bo‘lib kolgan. Postda gazetasi yozishicha, Toshkent viloyatining Zangiota tumanida istiqomat qiluvchi fuqaro payt poylab turib, mashinani olib qochgan bo‘lgan. Shaxrixonlik fuqaroning Damas avtomashinasiga o‘tirgan yo‘lovchi esa, haydovchining 590 ming so‘m pulini o‘g‘irlab tushib ketgan. Pul o‘g‘risining Asaka tumanida yashaydigan kishi ekanligi aniqlangan va unga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan. Jizzax viloyatining Paxtakor tumani qishloqlaridan birida yashaydigan kishining hovlisidan besh bosh qoramol o‘g‘irlab ketilgan. Mol o‘g‘rilari jabrlanuvchining mahallasida yashaydigan kishilar ekanligi aniqlangan. Ularning biri erkak, ikkinchisi ayol ekan. Kun.uz saytiga ko‘ra, Farg‘ona shahrida yashaydigan kishi ellikdan oshgan ayolning bo‘ynidan tilla zanjirini yulib qochgan. 32 yoshli bu yo‘lto‘sar o‘g‘ri ayolning o‘z qarindoshi ekanligi aniqlangan. Xabar berishlaricha, hozirda ushbu holat yuzasidan tergov ishlari olib borilmoqda. Mahalliy jurnalistning aytishicha, O‘zbekistonda ayni qish faslida o‘g‘irlikning avj olishiga yaqinda mamlakatda amalga oshirilgan avf bois ko‘p sonli o‘g‘rilarning ozodlikka chiqarilishi sabab bo‘lgan. Lekin mahalliy tahlilchilar o‘g‘irlik hollari ko‘payishiga ishsizlik va qora qozon qaynatish uchun yetarli maosh olinmaslik ham sabab bo‘layotganini ta‘kidlashmoqda. BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp orqali bog‘lanishni istasangiz telefonimiz - +44 7858 860002
Posted on: Wed, 14 Jan 2015 13:17:04 +0000

Trending Topics



Recently Viewed Topics




© 2015